10-Юнус (Yunus surasi)

 

Makkada nozil bo'lgan bu sura bir yuz to'qqiz oyatdan iborat. Unda islomiy aqidaning asl mohiyati: Allohga iymon keltirish, Uning kitoblariga, payg'ambarlariga, qayta tirilishga va qiyomat kunidagi jazo-mukofotga ishonish haqida so'z boradi. U ilohiy kitoblarga, xususan Qur'oni Karimga iymon keltirishga qizg'in da'vat qilishi bilan boshqa suralardan ajralib turadi. Bu sura boshlab payg'ambarlik va payg'ambarlar haqida so'zlab, Alloh avvalu oxir hamma bandalariga O'z payg'ambarini yuborganini, binobarin, oxirgi payg'ambar Muhammad alayhis-salomning kelishlaridan ajablanishga o'rin yo'qligini uqtiradi. Keyin xudo va bandaning haqiqati bayon qilinib, yaratgan bilan yaralgan orasidagi aloqa qanday bo'lishi lozimligi aytiladi va odamlarga haqiqiy Parvardigorlari qanday zot ekanligi tanitilib, faqat Ungagina ibodat qilishlari durust va zarur ekanligi ta'kidlanadi. Yana bu surada mushriklarning Qur'onga bo'lgan munosabatlari haqida hikoya qilinib, bu Kitob haqiqiy ilohiy mo''jiza ekani aytiladi, Va "uni Muhammad o'zi to'qib yozgan", deb unga o'xshash birgina sura yozib bersinlar, asossiz ekanligi oshkor etiladi. Surada Nuh, Muso, Yunus kabi payg'ambarlarning qissalari zikr qilinadiki, suraning nomi ham ulardan biri — Yunus payg'ambar ismlari bilan atalgandir. Sura nihoyasida esa payg'ambar alayhis-salomga faqat Allohning ko'rsatma-vahiylariga amal qilish va Alloh yo'lida chekiladigan ozor-mashaqqatlarga sabru toqat qilish amr etiladi.