Gumon - iymondan ayirar | "Otalar so'zi - aqlning ko'zi" | "Оталар сўзи - алнинг кўзи"

 

"Otalar so'zi - aqlning ko'zi" - purhikmat ma’noning teran ifodasi! Hayotimizda uchraydigan turfa holatlarning teletalqini va ularning turli oqibati! Inson hayoti, taqdiri, yaxshiligu yomonlikning orasidagi o‘ta qisqa masofani aks ettira olgan qadrdon dastur! Ushbu ko‘rsatuv yoshlarni mafkurasi, shuningdek, yuksak ma’naviy-axloqiy xususiyatlarga ega shaxs sifatida tarbiyalashdek sharafli ishga o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda. Yurtimiz quyoshli, buyuk tarixiy insonlar yashagan, Buyuk Ipak Yo‘li o‘tgan ajoyib, betakror, ming asrlik an’analar va madaniyatiga ega o‘lka. Betakror, so‘lim go‘shalarga ega O‘zbekistonimiz, ko‘ngli ochiq xalqimiz, o‘tib ketgan bobo-kalonlarimiz, hozirda mustaqillikka erishgandan keyingi yutuqlarimiz haqida qancha gapirsak ham ozdir. Bugungi kunda bizning quyoshli o‘lkamizga dunyo xalqlarining qiziqishi tobara oshib kelmoqda. Yurtimizdagi tarixiy obidalar, an’analarimizga, madaniyatimizga, matolarimizga, arxitekturamizga, hunarmandlar tomonidan qilingan ishlariga, sayyohlar e’tibori kun sayin ortib bormoqda. Mutaxassislarning fikricha, dunyo tarixida ilk Sharq Uyg‘onish davri — Musulmon Renessansi, deb nom olgan o‘rta asrlar va undan keyingi zamonlarda bugungi O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan alloma va mutafakkirlarning jahon ilm-fani va madaniyati, muqaddas islom dini rivojiga qo‘shgan hissasi dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan. Bu meros yana shunisi bilan qadrliki, u tarixning o‘ta murakkab, ziddiyatlarga, sinovlarga to‘lib toshgan og‘ir davrlarida allomalarimizning ming zahmati, ma’naviy jasorati, fidoyiligi, benazir aqliy zakovati bilan bunyod etilgan. Shu bilan birga, jahon tarixida «Amir Temur va temuriylar renessansi», degan nom bilan alohida o‘rin egallaydigan davrda yaratilgan ilm-fan, madaniyat va me’morlik durdonalarini islom madaniyatining nainki yurtimizdagi, balki butun musulmon olamidagi yuksalish davri sifatida ko‘rsatish muhimligini davlatimiz rahbari ko‘p bora aytmoqda. Bularning bari tabarruk zaminimiz Islom ma’rifati, ilm-fan, nurli taraqqiyotning rostmana, haqiqiy markazi bo‘lganini anglatmoqda, deb ming bor aytish, faxrlanish, bu merosga munosib bo‘lish qanchalar shukuhli, ham mas’uliyatli. #mahalla #uzbekistan #world #iqror #dunyo #tv #travel #islam #mtrk #city #life #umr #suqmoq #taqdirlar #qizlar #uzbekvideo #uzvideo #films #kinolaruzbektilida2021 #kinolar #kazakhstan #asia #kyrgyzstan #tadjikistan #turkmenistan #turkey #azerbaycan #koran #jannah