Миш мишларга нута ўядиган видео.Комилжон Отаниёзов хаида.

 

Komiljon Otaniyozov (1917.20.7, Shovot tumani, Bo‘yrachi qishlog‘i — 1975.5.11, Toshkent; o‘z qishlog‘iga dafn etilgan) — xonanda, sozanda (tor), aktyor va bastakor. O‘zbekiston SSR (1949), Turkmaniston (1964), Qoraqalpog‘iston (1968) xalq artisti. Nihoyatda jozibali va kuchli ovoz sohibi bo‘lib, har bir asar talqinida badiiy yetuklikka erishgan. Doston yo‘llarini Bola baxshi Abdullayevdan, Xorazm maqom ashula yo‘llarini Matpano Xudoyberganovdan o‘rgangan. Toshkentdagi Hamza nomidagi musiqa bilim yurtini tugatgan (1955), Toshkent konservatoriyasida ta’lim olgan (1955—1956). Xorazm teatrlarida xonanda va aktyor sifatida ishlab (1936—1952), Farhod ("Farhod va Shirin"), Tohir, Parfi hofiz ("Tohir va Zuhra"), Qodir ("Gulsara"), Davron Ota ("Davron Ota") kabi obrazlar yaratgan. Otaniyozov Xorazm viloyat teatrida ashula va raqs ansambli tuzib (1949), konsertlar uyushtirgan. 1957—1975-yillarda O‘zbekiston davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda, 1957-yilda filarmoniya qoshida Xorazm ashula va raqs ansambli (hozirgi Lazgi, 1957—1959 va 1963—1968-yillarda badiiy rahbari), 1967-yilda Turkmaniston SSRning Toshhovuz viloyati teatrida xalq ansambli, 1973—1974-yillar Shovot tumanida Feruz ansamblini tashkil etdi.