Kishanlangan "ko‘cha“ va sochi qirilgan "Baxti Tashkentskiy”

 

“Бахти Ташкентский” номи билан танилган Бахтиёр удратуллаев, Тошкентдаги судда, “кўча”да тартиб ўрнатишни давлат ташкилоти сўради, деб кўрсатма берди. 53 яшар удратуллаев, унинг ўли ва акасидан иборат, жами 37 кишилик гуру устидан очи суд Жиноят ишлари бўйича Юнусобод туман судида 3 июнь куни бошланди. Судда айрим судланувчилар ўзига нисбатан “ўл кўтарилгани” аида кўрсатма берди, адвокатлар судланувчилар “руий босим” остида эканини айтди. Бундан ташари, удратуллаевнинг яинлари судда унинг сочи ирилгани, оптик кўзойнаги олиб ўйилганини уулари бузилгани, руан босим остида саланаётганидан далолат, деб Озодликка шикоят илди. Шу кунга адар суднинг иккита мажлиси ўтди ва унда айрим мааллий нашрларнинг журналистлари ам иштирок этди. Ozodlik kanaliga obuna bo'ling!
Bizga xabar yo'llash uchun
“Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev, Toshkentdagi sudda, “ko‘cha”da tartib o‘rnatishni davlat tashkiloti so‘radi, deb ko‘rsatma berdi. 53 yashar Qudratullayev, uning o‘g‘li va akasidan iborat, jami 37 kishilik guruh ustidan ochiq sud Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida 3-iyun kuni boshlandi. Sudda ayrim sudlanuvchilar o‘ziga nisbatan “qo‘l ko‘tarilgani” haqida ko‘rsatma berdi, advokatlar sudlanuvchilar “ruhiy bosim” ostida ekanini aytdi. Bundan tashqari, Qudratullayevning yaqinlari sudda uning sochi qirilgani, optik ko‘zoynagi olib qo‘yilganini huquqlari buzilgani, ruhan bosim ostida saqlanayotganidan dalolat, deb Ozodlikka shikoyat qildi. Shu kunga qadar sudning ikkita majlisi o‘tdi va unda ayrim mahalliy nashrlarning jurnalistlari ham ishtirok etdi. #uzbekistan #tashkent #sud #criminal #mafia