Mirziyoyevning o‘zbek “mafiya”siga qarshi urush ochgani rostmi?

 

Ўзбекистонда “кўчага арши рейдлар” номини олган оммавий ибсга олишлар бошланганидан икки афта ўтиб, Ички ишлар вазирлиги Салимбой номи билан танилган Салим Абдувалиевнинг амоа олинганини тасдилади. Тошкент шаар Ички ишлар бош бошармаси бошлиининг ўринбосари Дониёр Тошхўжаевга кўра, Бахти Ташкентский ва Садиазиз медгородок тахаллуси билан танилган Бахтиёр удратуллаев ва Саидазиз Саидалиевга ам амоа олиш этиёт чораси ўлланган. Салимбой ноонуний урол салаш, Бахти Ташкентский гиёвандлик воситалари, Саидалиев эса товламачиликда гумон илинмода. Айни пайтда Тошхўжаевнинг айтишича, афур Раимовга арши жиноят иши йў. Зарбдор 40 кунлик амалиёти доирасида ибсга олинганлар сони расмий маълумотга кўра, 300 дан ошиб кетган. ўшни давлатлар матбуоти Мирзиёев ўзбек мафиясига арши уруш бошлагани аида ёзмода. аиатан ам шундайми? Бу мавзуни бугун АШда яшаётган журналист ва соби депутат Жаонгир Муаммад амда сиёсий талилчи Рафаэль Сатторовлар билан муокама иламиз. Ozodlik kanaliga obuna bo'ling!
Bizga xabar yo'llash uchun
O‘zbekistonda “ko‘chaga qarshi reydlar” nomini olgan ommaviy hibsga olishlar boshlanganidan ikki hafta o‘tib, Ichki ishlar vazirligi Salimboy nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyevning qamoqqa olinganini tasdiqladi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevga ko‘ra, Baxti Tashkentskiy va Sadiaziz medgorodok taxallusi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullaev va Saidaziz Saidaliyevga ham qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Salimboy noqonuniy qurol saqlash, Baxti Tashkentskiy giyohvandlik vositalari, Saidaliyev esa tovlamachilikda gumon qilinmoqda. Ayni paytda Toshxo‘jayevning aytishicha, G‘afur Rahimovga qarshi jinoyat ishi yo‘q. Zarbdor 40 kunlik amaliyoti doirasida hibsga olinganlar soni rasmiy ma'lumotga ko‘ra, 300 dan oshib ketgan. Qo‘shni davlatlar matbuoti Mirziyoyev o‘zbek mafiyasiga qarshi urush boshlagani haqida yozmoqda. Haqiqatan ham shundaymi? Bu mavzuni bugun AQShda yashayotgan jurnalist va sobiq deputat Jahongir Muhammad hamda siyosiy tahlilchi Rafael' Sattorovlar bilan muhokama qilamiz. #ozodlik #uzbekistan #tashkent #yangiliklar #uzbek #salimboy #mirziyoyev #shavkatmirziyoyev