24-Нур (Nur surasi)

 

Bu sura Madinada nozil bo'lgan. U oltmish to'rt oyatdir. Suraning asosiy mavzusi Islomiy jamiyatdagi axloq-odob qonun-qoidalaridir. Unda musulmonlarning bir-birlari bilan o'rnatishlari lozim bo'lgan munosabatlaridan tortib, islomiy oilalarning ichida barpo qilinishi zarur bo'lgan toza iqlim va pokiza muhit yo'l-yo'riqlarigacha batafsil bayon qilinadi. Yana bu surada jamiyatni fisqu-fasoddan toza tutish, nasl-nasablarni aralashib ketishidan saqlash va insonlarni axloqiy tubanlikdan asrash uchun Alloh taolo farz qilib qo'ygan ayrim jazo choralari, jumladan zinokorlikka qarshi, tuhmatchilikka qarshi Islomiy jazo choralari ham zikr qilinadi. Va bu bilan Islom nazarida kishi uchun birovning molini nohaq olish qanday harom sanalsa, birovning or-nomusiga tegish yoki nohaq obro'sini to'kish ham shunday harom ekanligi uqtiriladi. Suraning «Nur» deb nomlanishining sababi, birinchidan, undan Alloh yeru-osmonlarning nuri - asl ijodkori ekanligi xususidagi go'zal oyati karimalar o'rin olgani bo'lsa, ikkinchidan, bu surada insonlar baxtli, saodatli hayot kechirishlari uchun nur kabi zarur bo'lgan ilohiy ahkomlar mavjudligidir.