Nuriddin Hamroqulov kuylaydi / Нуриддин амроулов куйлайди

 

Nuriddin Hamroqulov kuylaydi / Нуриддин амроулов куйлайди Nuriddin Hamroqulov (1946.18.6, Andijon) — xonanda, O‘zbekiston xalq artisti (1987). Jarangdor, lirik ovoz sohibi. Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutida ta’lim olgan (1971—73). Ijodiy faoliyatini Andijon teatridan boshlab (1967 — 73), Haydar ("Nurxon"), Ravshan ("Ravshan va Zulxumor") kabi obrazlarni yaratgan. An’anaviy va zamonaviy xonandalik yo‘llarini O‘.Nuraliyev, Tursunboy Qodirovlardan o‘rgangan. Andijon viloyati filarmoniyasida yakkaxon xonanda (1983—93). Keyinchalik, asosan, konsert ijrochiligi bilan shu-g‘ullangan. Repertuaridagi mumtoz ("Samarqand Ushshog‘i", "Toshkent Irog‘i"), zamonaviy bastakorlar ashulalari ("Talqinroz", "Oq qush", R.Yusupov va boshqalar) hamda o‘zi bastalagan ("Olamni saqlang", "Ra’no", "Soy ko‘rdim", "Shirinliging", "Kuldi bahorim" kabi) qo‘shiqlari ta’sirchan va yoqimli. Yevropa va Osiyo mamlakatlarida gastrolda bo‘lgan. Ijrolari O‘zbekiston radiosi fo-notekasi, gramplastinka (1968, 1971, 1972) va kompakt disklarga yozilgan